Planner AI
«KIMYOVIY TEXNOLOGIYA VA MINERAL RESURSLARDAN SAMARALI FOYDALANISHNING ILMIY, INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusida respublika ilmiy-texnikaviy anjuman

Konferensiya · Farg'ona

«KIMYOVIY TEXNOLOGIYA VA MINERAL RESURSLARDAN SAMARALI FOYDALANISHNING ILMIY, INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusida respublika ilmiy-texnikaviy anjuman

11–12-sen, 2026·
5.0(1)
·100 o'rin

Tadbir haqida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 16.01.2026 yildagi 11-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil 11-12-sentyabr kunlari Farg‘ona davlat texnika universitetida «KIMYOVIY TEXNOLOGIYA VA MINERAL RESURSLARDAN SAMARALI FOYDALANISHNING ILMIY, INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusida respublika ilmiy-texnikaviy anjumani bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etishga respublikamiz OTM va ITI larining olimlari, professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, tadqiqotchilari, mustaqil izlanuvchilari, talabalari, magistrantlari, shuningdek, yosh yetakchi mutaxassislari taklif etiladi. Respublika ilmiy-texnikaviy anjumani doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha yalpi va sho‘ba majlislari o‘tkazilishi rejalashtirilgan: 1-sho‘ba: Kimyoviy texnologiya va neft-kimyo sohasida innovatsiyalar - Yangi texnologik jarayonlar, energiya tejamkor yechimlar, polimer va kompozitsion materiallar; 2-sho‘ba: Biotexnologiya va biyotibbiyot muhandisligi - Biofarmasevtika va biomeditsina, genetik tadqiqotlar, biotibbiy uskunalar va dasturlar; 3-sho‘ba: Nanotexnologiya va yangi materiallar - Nanomateriallar ishlab chiqarish va qo‘llanilishi, elektronika va sensor texnologiyalari, tibbiyot va qishloq xo‘jaligida nanotexnologiya; 4-sho‘ba: Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat texnologiyalari - Agroinnovatsiyalar, oziq-ovqat xavfsizligi va sifat nazorati, organik ishlab chiqarish texnologiyalari; 5-sho‘ba: Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi - Barqaror rivojlanish strategiyalari, atmosfera, tuproq va suv ifloslanishini kamaytirish, qayta tiklanuvchi resurslar; 6-sho‘ba: Suv resurslari va suv muammolari - Suvni tejash va qayta ishlash texnologiyalari, chuchuk suv resurslaridan oqilona foydalanish, gidroekologiya va suv xavfsizligi; 7-sho‘ba: Metrologiya, standartlashtirish va sifat menejmenti - Zamonaviy o‘lchash vositalari va metodlari, standartlashtirishning global tendensiyalari va raqamli transformatsiya.

Jadval

Boshlanish

11-sentabr, 2026, 08:00

Tugash

12-sentabr, 2026, 18:00

Sig'im

100 o'rin

Ro'yxatdan o'tish 12-sentabr, 2026, 02:30 gacha

Tafsilotlar

Sharhlar

5.0· 1 ta sharh

Hozircha sharhlar yo'q

Tugallandi

Bu tadbir hozirda faol emas

O'xshash tadbirlar